Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 20-май 2024, 18:03
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Ta’lim xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Quvnoq startlar” o‘tkazildi


Ta’lim xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 184-sonli umumta’lim maktabida barcha tuman xalq ta'limi bo‘limi xodimlari o‘rtasida “Quvnoq startlar” o‘tkazildi. Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi boshlig‘i hamda “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Toshkent shahar bo‘limi raisi kubogi uchun kechgan murosasiz bahslar yakunida Yunusobod tumani vakillari faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin Yakkasaroy tumani xalq ta'limi bo‘limi nasib etgan bo‘lsa, Sergeli va Mirzo Ulug‘bek tumanlari jamoalari uchinchi pog‘onadan joy oldilar.
Endi Yunusobod tumani terma jamoasi Respublika bosqichida Toshkent shahri sharafini himoya qiladi.

Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati