Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 20-май 2024, 18:03
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tashabbusi bilan Yunusobod tumanidagi umumta’lim maktablariga yangi o‘quv yili oldidan zamonaviy yagona maktab formasi taqdimotiga bag‘ishlangan Press-tur uyushtirildi


Bugun Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tashabbusi bilan poytaxtimizning Olmazor, Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek hamda Yashnobod tumanlaridagi umumta’lim maktablariga yangi o‘quv yili oldidan zamonaviy yagona maktab formasi taqdimotiga bag‘ishlangan Press-tur uyushtirildi. Mazkur tadbirga O’zbekiston 24, Yoshlar, Madaniyat va ma’rifat, Zo’r TV hamda Sevimli telekanallari, bugun.uz,  daryo.uz kabi ijtimoiy tarmoq vakillari, shuningdek, Toshkent shahar va tuman hokimliklari matbuot xizmatlari taklif etildilar. Dastlabki tashrif Olmazor tumanidagi 191-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Unda maktab ma’muriyati, o‘quvchilar, ularning ota-onalari, tadbirkorlar ishtirok etishdi. Yangi o‘quv yilidan oldidan hozirlangan yagona maktab formalari xususida fikrlar bildirildi, taklif hamda mulohazalar o‘rtaga tashlandi. Zamonaviy yagona maktab formasi taqdimoti yuzasidan uyushtirilgan Press-turning ikkinchi manzili poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 97-sonli umumta’lim maktabi bo‘ldi. Tadbir ishtirokchilari maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari joriy etilayotgan yangi loyihadan mamnun ekanliklarini yashirishmadi. Ishlab chiqaruvchi — tadbirkorlar esa o‘zlari taklif etayotgan mahsulotlariga tavsif berish bilan birgalikda ularning afzalliklariga ham alohida to‘xtalishdi. 

Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati