Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 20-май 2024, 18:03
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Toshkent shahar hokimligi tomonidan Yangihayot tumanida Tashkent INDEXPO markazida 1-30 avgust kunlari “Maktab bozori” tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida poytaxtimizda talaygina ishlar amalga oshirilmoqda. Shu sababli, “Maktab bozori” uchun tadbirkorlarga  3000 kv metr maydondagi savdo nuqtalari bepul taqdim etiladi. 
Farzandlaringiz uchun sifatli va arzon yagona maktab formasi hamda o‘quv qurollarini xarid qilishingiz uchun qulay imkoniyat yaratish maqsadida Toshkent shahar hokimligi tomonidan 1-30 avgust kunlari Yangihayot tumanidagi “INDEX” savdo markazida “Maktab bozori” yarmarka savdolari tashkil etiladi. Yarmarkada maktab formasini hamda o‘quv qurollarini ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar o‘z mahsulotlarini arzon narxlarda taqdim etadilar. 

 “INDEX” savdo markazidagi “Maktab bozori” har kuni ertalab 9.00 dan kech soat 00.00 ga qadar davom etadi. 

Qulaylik tariqasida metroning “Do‘stlik-5” bekatidan savdo markazigacha bepul avtobuslar tashkil etiladi.  

 Ma’lumot uchun: + 998 99 332 33 33