Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 20-май 2024, 18:03
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tuman xalq ta’limi bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan metodistlar bilan uchrashuv o‘tkazdi


Bugun Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Shukur Burxonov, metodik xizmat bo‘limi boshlig‘i O‘tkir Kurbonovlar tuman xalq ta’limi bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan metodistlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Samimiy ruhda kechgan muloqotda mazkur tizimda yechimini kutayotgan masalalarda metodistlarning o‘rni, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi. Metodistlar faoliyatida hujjatlarning yuritilishi, yosh mutaxassislarga metodik yordam berish, fan o‘qituvchilari ish faoliyatini ommalashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘quvlar tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati