Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 9-май 2024, 16:39
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Ingliz tili to‘garagi”, “Mohir qo‘llar”, “Yosh matematik” turli hil to`garaklar bo`lib o`tmoqda

Maktabimizda ta’til kunlari yozgi bolalar maydonchasida bolalar bilan dam olish va ko‘ngilochar ishlar samarali amalga oshirilmoqda. 1-5-sinflarning 20 dan ortiq bolalari bolalar maydonchasiga zavq bilan tashrif buyurishadi va ochiq havoda o'tkaziladigan o'yinlar, tanlovlar, viktorinalar va qiziqarli tadbirlarda qatnashmoqdalar. “Ingliz tili to‘garagi”, “Mohir qo‘llar”, “Yosh matematik”, “Shaxmat”, “Kitobxon bolalar klubi”, “Musiqa to‘garagi” va boshqalar bepul turli hobbi to‘garaklari faoliyat ko‘rsatmoqda. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari M.L.Abdugapparovaning ijodiy topshirilgan ishlari va A.G.Saidova maktab yozgi dam olish maskanida bolalarning sog'lig'ini yaxshilashga samarali yordam berib kelmoqda.