Kimlar ma’yus, kim shodu xurram,
Kimlar yig‘lar ko‘zlarida nam,
Dilga solib xayajon bu dam,
Chalinmoqda so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Tugar buldi bu maktab yillar,
Armon endi bundayin damlar,
Kelmokda-ku larzaga dillar,
Chalinmoqda so‘nggi qo‘ng‘irok.
Tabriklashib kimnidir kimlar,
Bermoqdalar dastalab gullar,
Nahot endi qaytmas bu yillar,
Chalinmoqda so‘nggi qo‘ng‘irok.
Mana men ham turibman e vox.
Vujudimni qamragan titroq.
Ishongim hech kelmaydi biroq
Chalinmoqda so‘nggi qo‘ng‘irok.
Na yig‘lashim bilaman bu dam
Na kulay deb kulolmam hech xam
Bilolmadim shodlikmi bu g‘am
Chalinmoqda so‘nggi qo‘ng‘irok.