+998 (79)-224-41-41    info@17-maktab.uz

Maktab xavfsizligi

Majmuaviy  xavfsizlik tizimi maktabning xavfsiz  faoliyat  yuritishini  ta’minlash, aniq  va ro’y  berishi  mumkin  bo’lgan  ijtimoiy texnogen  va  tabiiy  xususiyatli  xavf-xatarlardan hioyalanganlik holatini o’z  ichiga  oladi. Shuning  uchun  maktab uchun  muhim  ahamiyatga  ega  vazifalardan  biri  bu  o’quv-tarbiyaviy  jarayonni xavfsiz  sharoitda  o’tkazish,  o’quvchilarning  hayoti va  sog’ligini  kafolatlashdir.

Navoiy  shahar  17-sonli  umumiy  o’rta ta’lim  maktabining  xavfsizlik  tizimi —  maktabning  mahalliy  o’zini o’zi boshqarish organlari, huquqni  muhofaza qilish  tizimi,  boshqa  ko’maklashuvchixizmatlar  va  jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda  xavfsiz faoliyat  yuritish,  xodimlar  va  o’quvchilarning   favqulodda  vaziyatlarga  tayyorgarligi  yuzasidan  tuzilgan chora-tadbirlar  rejasidir.

Maktab   xavfsizligi  maktab  ma’muriyati  va  pedagogik jamoasi  faoliyatida  muhim o’rin tutadi.  Bu  faoliyat  quyidagilarni  o’z ichiga  oladi:

  • Mehnat muhofazasi;
  • Texnika   xavfsizligi  qoidalari;
  • Terroristik  aktlardan ogohlantirish  choralari  va  mehnat muhofazasi  talablarini  nazorat  qilish.
  • Maktab xavfsizligi xavfsizlikning   barcha  turlarini  o’z  ichiga  oladi,  shu  jumladan  yong’in   xavfsizligi,  elektr  xavfsizligi,  atrof-muhitning  texnik holati  bilan  bog’liq  xavf-xatarlar.

Maktab  xavfsizlik  tizimi quyidagi ta’minot  choralarini  o’z  ichiga  oladi:

  • terrorizmning   barcha  ko’rinishlariga  qarshi  kurashish
  • yong’in  xavfsizligi  (APS  mavjudligi, ko’chirish  rejasi,  yong’inni  o’chiruvchi  birlamchi  vositalar,   yong’inga  qarshi   jihozlangan post)
  • elektr  xavfsizligi
  • Sanitar-epidemiologik   holat
  • fuqaro mudofaasi
  • muassasada   ta’lim  jarayoni  ishtirokchilariga  yaratilgan  qulayliklar
  • mehnat  muhofazasi,  ta’lim  va  ishlab  chiqarish  jarayonini  tashkil  etish xavfsizligi

  Maktabda  xavfsizlikni  ta’minlash  maqsadida  chora-tadbirlar  ishlab  chiqiladi  va  amalga  oshiriladi:

  • maktab  hududida  kirish  joyiga  yopiladigan  darvozalar o’rnatiladi.
  • maktab  binosiga  kirish  joyida  keluvchilarni   ro’yxatga  olish daftari bilan  navbatchi  o’qituvchi  o’rni  tashkil  etiladi.
  • maktabda   muntazam  ravishda  yong’in  xavfsizligi  bo’yicha  profilaktik ishlar  olib  boriladi.
  • FVlarda  o’quvchilar  va  xodimlarni  ko’chirish  o’quv  mashg’uloti,  harakatlanish ,  hayotini  asrash to’g’risida suhbatlar  Navoiy shaharXTMFMTTEB  va  maktab  rejasiga  muvofiq o’tkaziladi.
  • maktabning har bir qavatida  odamlarni  ko’chirish  rejasi mavjud.
  • qishki  davrda binoga  kirish  yo’laklarini  qordan  tozalash,  FVlarni  bartaraf  etishga  mo’ljallangan  maxsus  texnikaning  yo’laklarga  kirishini ta’minlanadi.
  • yoritish  uskunalarining  qarshilik  kuchi  har  yili o’lchab  boriladi.
  • evakuatsiya  yo’laklari  tez  ochiluvchi  va  muvofiq  ko’rsatkichlarga  ega  bo’lishi  lozim.
  • maktabning umumiy sanitar-gigiyenik  holati   Sanepidemnazorat talablariga  mos  keladi.
  • havo-issiqlik  rejimi  me’yorda  saqlanadi.
  • sun’iy yoritish darajasi qoniqarli holatda ushlanadi.
  • MX xavfsizlik pasporti tuziladi.
  • fuqaro mudofaasi masalalari bo`yicha chora-tadbirlar, ogohlantirish va bartaraf qilish, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulotda vaziyatlarda harakatlanish rejasi ishlab chiqiladi.
  • texnika xavfsizligi bo`yicha o`quvchilar o`rtasida muntazam ravishda mashg`ulotlar o`tkaziladi.
  • maktab binosida litsenziyalangan tibbiyot xonasi tashkil etiladi.
  • maktabda ko`ngilli yong`in o`chiruvchilar guruhi tuziladi, ular bilan yong`in signalida harakatlanish bo`yicha mashg`ulotlar olib boriladi.
  • barcha xodimalar o`rtasida yong`in xavfsizligi, elektr jihozlari va qurilmalari bilan ishlash xavfsizligi bo`yicha yo`riqnomalar  ishlab chiqiladi. Ta`lim muassasalarida yetarlicha o`t o`chirgichlar jamlanadi, ularning soligi va yaroqliligi muntazam tekshirib turiladi.
  • hudud atrofiga metal pajaralar o`rnatiladi, maktab hududining tungi yoritilshi yo`lga qo`yiladi.

Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, himoyalanish faoliyati:

  • terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish masalalari bo`yicha yig`ilish va yo`riqnomalar o`tkazish.
  • xavfsizlikni ta`minlash maqsadida o`tkaziliadigan tadbirlar bajarilishini uzluksiz nazorat qilish.
  • huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa xizmatlar, ota-onalar jamoatchiligi bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish.

Ta`lim muassasasini qo`riqlashni yo`lga qo`yish ishlari.

Muassasani qo`riqlash vazifasini muassasa xodimlar bajaradilar. Navbatchi ma`mur va qorovul posti quyidagi zaruriy hujjatlar bilan ta`minlanadi:

  • ta`lim massasasi ma`muriyati, pedagogik tarkibi va ishchi- xodimlar ro`yxati.
  • Obyektni qo`riqlash  bo`yicha yo`riqnoma
  • Yong`in xavfsizligi bo`yicha yo`riqnoma
  • Navbatchilikni qabul qilish va topshirish jurnali
  • Kalitlarni topshirish jurnali.
  • Keluvchilarni ro`yxatga olish jurnali
  • Dars  jadvali
  • To’garak  mashg’ulotlari  jadvali
  • Qo’ng’iroqlar  jadvali
  • Mas’ul  shaxslarning  navbatchilik  jadvali
  • Qorovullarning  navbatchilik  jadvali
  • Tez yordam,  huquqni  muhofaza  qilish  organlari  va  halokat  xizmati  telefon  raqamlari ro’yxati.

 Jihozlangan  qorovul  postida  bo’lishi  lozim:

  • Ta’lim  muassasasidagi  xonalar  va  chiqish  eshiklarining  kalitlari  solingan  quti
  • Telefon
  • Xabar  berish  tizimi
  • Tibbiyot  qutichasi
  • Yoritgich

Qo’riqlash postini kerakli ma’lumotlar,  yo’riqnomalar va  metodik hujjatlar  bilan  ta’minlanishi  qo’riqlash ishlarini  tezkor  va to’g’ri  bajarilishini  ta’minlaydi.

Obyektning muhandis-texnik mustahkamligini  tashkil etish:

 Hudud  atrofida  metal  panjaralar  borligi,  tungi  paytda  maktab  atrofining  yoritilishini   ta’minlaydi.Yong’in  xavfsizligi  ta’minoti  quyidagilarni   o’z  ichiga  oladi:

  • Me’yoriy-huquqiy  hujjatlar,  yong’in  xavfsizligi qoidalari  va  talablariga  rioya  qilish,  yong’inga  qarshi  tadbirlar  o’tkazish
  • Yong’in  xavfsizligi  qoidalarida  ko’zda  tutilgan  talablarga  muvofiq  ta’lim  muassasasilarini  birlamchi  yong’in  o’chirish  vositlari bilan  ta’minlash
  • Yong’in  xavfsizligi  bo’yicha  yo’l  qo’yilgan  kamchiliklarni  kechiktirmasdan  bartaraf  etish
  • Yong’inda  odamlarni  ko’chirish va  yong’in  haqida  xabar berish  tizimini  takomillashtirish
  • O’t  o’chirgichlarni  qayta  zaryadlash(muddati  yetganda,  pasporti bo’yicha)  yoki  o’t   o’chirgichning  bosimi  talab  darajasidan  tushib  ketganda  ularni  ta’mirlash
  • Chiqish  yo’llarida  yotib harakat  qilish  imkonini  yaratish
  • Yerto’la  va  qo’shimcha  xonalarda  yong’in  xavfsizligiga  rioya  qilinishini  nazorat  qilish

Fuqaro mudofaasi  va  Favqulodda  vaziyatlar

Muassasada FM  va  FV  masalalari bo’yicha  rejali  ishlar  olib  boriladi,  o’quvchilar  va  xodimlar  o’rtasida  FM  va  FV bo’yicha  o’quv  mashg’ulotlari  tashkil  etiladi.

O’quvchilarni xavfsiz  hayotiy  faoliyat  qoidalariga  o’rgatish

O’quvchilarga  o’quv  intizomini o’rganish  jarayonida,  obyektli  mashg’ulotlar  vaqtida,  yo’l  harakati  va  yong’in  xavfsizligi bo’yicha  tadbirlar  jarayonida   xavfsizlik  masalalari  bo’yicha  bilim  va  ko’nikmalar   singdirib  boriladi.  O’quvchilarni  xavfsizlik  qoidalari  bo’yicha  o’qitish  quyidagi  barcha   turdagi  faoliyat  turlaridan  oldin  belgilangan  tartibda  jurnal  yuritilgan  holda  o’tkaziladi:

  • o’quv  mashg’ulotlari
  • ijtimoiy-foydali  mehnat  mashg’ulotlari
  • sayohatlar
  • sport  mashg’ulotlari  va  musobaqalarito’garak  mashg’ulotlari  va  boshqa  maktabdan  va  sinfdan  tashqari  tadbirlar.

 Xavfsizlik  madaniyatini  shakllantirish  quyidagilar  asosiga  quriladi:

  • Xavfizlik asoslarini  o’rganish  dasturi
  • Xavfsizlik  muammolarini o’rganish  bo’yicha  o’quv  darsliklari (Atrofimizdagi  olam,  ekologiya,  salomatlik)
  • Xavfsizlik  madaniyatiga  ega  malakali  mutaxassis
  • Huquqni  muhofaza qilish  organlari  bilan  hamkorlik

17-sonli  maktabda  huquqni  muhofaza qilish organlari  bilan  doimiy  hamkorlik  yo’lga  qo’yilgan.  Huquqni  muhofaza  qiluvchi  organ  xodimlari  muassasaga  muntazam  kelib  turishadi,  ta’lim muassasasining  terorizmga  qarshi  kurashish  bo’yicha  hujjatlarini  tekshirib  boradilar.  Sinfdan  tashqari  tadbirlarda  ishtirok  etadilar, ma’muriyat,  pedagogik  va  texnik xodimlarbilan  suhbatlar o’tkazadilar.  Bu  suhbatlarda  terroristic  akt   sodir  etilishi,jamoat  atrtibiningbuzilishi,  jinoyat  sodir  etilishi,  portlovchi  qurilmalar  va  boshqa  shubhali  buyumlar,  shubhali  shaxslar  to’g’risida  ma’lumotga  ega  bo’lganda  qanday  yo’l tutish  tartibi  haqida  tushuntirish  ishlarini  olib  boradilar.

Yo’l-transport  hodisalari  profilaktikasi  ishlari  quyidagilardan  iborat bo’ladi:

  • Yo’l-transport  hodisalaridan  jarohatlanishning  oldini  olish  bo’yicha  tarbiyaviy  soatlar  o’tkazish  rejasini  ishlab  chiqish  va  amalga  joriy  etish
  • O’quvchilarda   shahar  yo’llari  va ko’chalarida  xavfsiz  harakatlanish  madaniyatini  tarbiyalash
  • Bolalar  bilan  bo’gliq  yo’l0transporthodisalarinioldini  olish  ishlariga  ota-onalar   jamoatchiligini  jalb  etish
  • Pedagogik  jamoaning  Navoiy  shahar YHXB  bilan  hamkorligini yo’lga  qo’yish
  • Shahar  ko’chalarida  xavfsiz  harakatlanish va  yo’l harakati  qoidalarini   o’rgatish bo’yicha  o’quv-moddiy  bazasini  yaratish
  • Yo’l  harakati  qoidalariga  amal  qilish  bo’yicha  metodik hujjatlarni  ishlab  chiqish
  • O’quvchilar  ishtirokidagi  yo’l-transport  hodisalarini  tahlil  qilish,  hisobga  olish  va  ular  asosida tegishli  choralar  qabul qilish