Yuldoshev Usmon Boltayevich 1960- yil 16-aprel kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tug`ilgan. 1976-yil Paxtachi tumanidagi 12-son umumiy o`rta ta’lim maktabini, 1987 -yil Toshkent Politexnika instituti, 2008- yilda Navoiy pedagog xodimlari qayta tayyorlash institutini tugatgan.Pedagogika institutining mehnat ta’limi fakultetini tugatib, ish faoliyatini harbiy ta’lim (CHYOT) fani o`qituvchiligidan boshlagan.
1979-1981- yillarda Afg’onistonda harbiy xizmatni o’tagan.
1990-yildan Navoiy shahar 17- sonli umumta’lim maktabi o’qituvchi, 2011- yildan Ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari vazifasida ishlab, jamoaga rahbarlik qilish bilan birga yosh avlodga ikkinchi toifali mutaxassis sifatida mehnat kasb ta’limlari fanidan saboq berib kelmoqda.
Yuldoshev Usmon Boltayevich maktabda rahbarlik qilgan yillarda quyidagi yutuqlarga erishdi:
1990-2016 yillarda Shahar xalq ta’limi bo’limi maqtov yorliqlari, ta’lim fan va ma’daniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, viloyat kengashi, shahar kengashlari maqtov yorliqlari bilan taqdirlangan.
1999- yilda maktab jamoasini Kamolot yo’nalishi bo’yicha “Siz tarixni bilasizmi?” Respublika ko’rik- tanlovi ishtirokiga rahbarlik qilib, ko’rik- tanlov sovrindori bo’lib qaytganlar.
O’quvchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash 1990-2009-yilgacha ko’pgina yutuqlarga erishgan, ko’pgina o’quvchi shogirdlari A’zamov Xurshid, Juraqulov Jahongir, Muhammadiyev Latif, Yandashev Shavkatlar harbiy o`quv yurtlarini tugatib, O’zbekiston Qurolli kuchlarida xizmat qilmoqda.